Toshkentda uy-joy narxlari yillik hisobda 2,3 foizga pasaydi
O‘zbekistonda 2025 yilning dastlabki oyida ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari 25,5 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 17,4 foizga o‘sdi. Ikkilamchi bozorda Surxondaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida narxlar o‘sishi kuzatilgan bo‘lsa, Toshkent shahrida narxlar deyarli o‘zgarmadi – biroq poytaxtda yillik hisobda uylar narxlari 2,3 foizga pasaydi.

Foto: Kun.uz
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlillari yil boshidan ko‘chmas mulk bozori o‘z mavqeyini mustahkamlayotganini ko‘rsatdi.
Yanvar oyidan ko‘chmas mulk bozorida faollik tiklanayotganini kuzatish mumkin. Mazkur oyda oldi-sotdi shartnomalari soni 25,5 mingtani tashkil etib, o‘tgan yil yanvar oyiga nisbatan 17,4 foizga ko‘paygan.
Hududiy dinamika
Yil boshidan ko‘chmas mulk oldi-sotdi dinamikasi ayrim hududlarida ijobiy tendensiyani ko‘rsatdi. Eng sezilarli o‘sish Jizzax viloyatida qayd etilib, sotuvlar 44 foizga oshgan, shuningdek, Navoiy viloyatida 36 foizga o‘sgan.
Toshkent shahri ko‘chmas mulk bozori umumiy hajmining 28 foizini tashkil etib, bitimlar soni 18 foizga o‘sgan.
Ikkilamchi bozordagi uy-joy narxlari
Yanvar oyida respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy narxlari o‘rtacha 0,3 foizga oshib, o‘tgan yilga nisbatan 4,6 foizga o‘sdi.
Yillik hisobda hududlar kesimida uy-joy narxlarining yuqori o‘sishi Surxondaryo (11,4 foiz), Jizzax (10,4 foiz) va Farg‘ona (8,4 foiz) viloyatlarida kuzatildi.
Yanvar oyida Toshkent shahrida o‘rtacha uy-joy narxi deyarli o‘zgarmagan. Poytaxt tumanlari kesimida narxlar pasayishi Sergeli (- 1,8 foiz), Yunusobod ( - 1,7 foiz) va Mirzo-Ulug‘bekda ( – 1,5 foiz) qayd etilgan.
Yillik hisobda Toshkent shahrida uy-joy narxi 2,3 foizga pasaygan.
Uy-joy ijara bozori
Yanvar oyida Toshkent shahridagi ijara bozorida faollik biroz pasaygan. O‘rtacha ijara narxi 8,1 dollarni (bir kvadrat metr uchun) tashkil etdi.
Poytaxtning Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi yuqoriligicha qolmoqda. Ushbu tumanlarda ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha 10 dollarni tashkil etadi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida ijara narxi o‘tgan yilga nisbatan 10,7 foizga pasaygan. Eng katta pasayish Chilonzor (17,4 foiz), Olmazor (16,7 foiz) va Yashnobod (14,3 foiz) tumanlarida qayd etilgan.
Avvalroq, Toshkent shahrida uy-joyga investitsiyalarning daromadliligi tushib borayotgani ma’lum qilingandi. 2025 yilning yanvar oyida poytaxtda ko‘p qavatli uy-joylarga investitsiyalarning daromadliligi 2024 yilning fevral oyidagi o‘rtacha 32,4 foizdan 7,6 foizgacha sekinlashdi.
biroz arzonlashishi natijasida yanvar oyida uy-joylar narxi o‘zgarishidan olinadigan o‘rtacha daromad Shayxontohur (35,8 foizdan -0,8 foizga) va Yunusobod (30,4 foizdan -3,4 foizga) tumanlarida sezilarli darajada pasaygani kuzatildi.
Mavzuga oid

21:10 / 08.03.2025
Yangiyo‘lda ko‘prikning bir qismi o‘pirildi

09:21 / 08.03.2025
Tez yordam xodimlari uy yo‘lagida tashlab ketgan fuqaroning holati haqida ma’lumot berildi

16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi

09:32 / 07.03.2025