Toshkent va Andijonda 1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi
Toshkent shahri va Andijon viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi.

Foto: Prokuratura departamenti
Prokuratura departamentiga ko‘ra, holatlardan biri Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Olmazor tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda aniqlangan.
A.A. va J.I. o‘zlariga tegishli noturar bino va yashash xonadonida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz va elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 365,2 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan.
Shu kabi departamentning Izboskan tumani va Xonobod shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda YaTT A.I. va U.T. noturar bino va dam olish maskanlarida tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib, jami 688,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

16:29 / 06.03.2025
AQShda erkak zargarlik do‘konidan 770 ming dollarlik ziraklarni o‘g‘irlab, yutib yubordi

09:40 / 06.03.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangan korxona fosh etildi

09:02 / 05.03.2025
Qariyb yarim mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

09:32 / 04.03.2025