Samarqandda hojatxonaga tushib ketgan chaqaloq qutqarildi
Ayol shifoxona hojatxonasiga kirganida ko‘zi yorigan va holsizlangan holda chaqalog‘ini ehtiyotsizlik bilan hojatxona teshigiga tushirib yuborgan.

Foto: Videodan kadr
Samarqand viloyati, Nurobod tumanida ichki ishlar organlari xodimlari hojatxonada tug‘ilgan va uning o‘rasiga tushib ketgan chaqaloqni qutqardi. Bu haqda MY5 telekanalida xabar berildi.
Lavhada aytilishicha, ona beshinchi farzandiga homilador bo‘lganini o‘zi payqamagan va shifokor oldiga sog‘lig‘idan shikoyat qilib borgan. So‘ngra hojatxonaga kirganida ko‘zi yorigan va holsizlangan holda chaqalog‘ini ehtiyotsizlik bilan hojatxona teshigiga tushirib yuborgan. Bola yig‘isini eshitgan shifokorlardan biri shu atrofda joylashgan IIB bo‘limi profilaktika inspektorlaridan yordam so‘ragan.
Ichki ishlar organlari xodimlari uni chiqarib olish uchun hojatxona yonidan tuynuk qazigan. Chaqaloq 2 soat mobaynida o‘rada qolib ketgan. Nihoyat, uzoq urinishlardan so‘ng u chiqarib olgan.
«Tuynukni kovlagan sari chaqaloq ovozi eshitilmay qolayotgandi. Keyin hamma hodimlar birgalikda kovladi, tog‘li hudud bo‘lgani uchun yer qattiq edi. Hamma xodimlar kirishga tayyor bo‘lib turgandi, faqat tuynuk biroz kichik bo‘lgani uchun men kirdim. Chaqaloq yonbosh holatda edi, oyog‘i va qo‘li qimirlamay qolgandi. Chiqarib, darrov birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun hamshiralarga berdik», dedi profilaktika inspektori Sardor Safarov.
Bola 1 mart kuni tuman markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Ta’kidlanishicha, ayni paytda uning holati qoniqarli hamda shifokorlarning doimiy nazorati ostida maxsus intensiv xonada parvarishlanmoqda.
«Kelganida bola juda ham muzlab qolgandi. Hozirda ahvoli ancha tuzuk. Onasi ham o‘zini yaxshi his qilyapti, bergan savollarimizga yaxshi javob beryapti», dedi shifokor Farmon Qo‘shmurodov.
«Qornimda bo‘lganini bilmaganman, rostan. Qimirlaganini ham, umuman, sezmaganman. Toksikoz ham bo‘lmaganman. Poliklinakaga shu paytgacha biror marta borganim yo‘q, bo‘yimda bor, deb murojaat ham qilganim yo‘q edi. Tog‘da kiyikdek sakrab yurganman. 3 kg 700 gramm tug‘ibman, kamroq ham emas. Nahotki, bilmaganman?», deb hayron bo‘ldi ayol.
Ta’kidlanishicha, chaqaloqqa uni qutqarib qolgan IIO xodimining ismini qo‘yishmoqchi.
Mavzuga oid

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025
Samarqandda novvoyxona 820 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

18:54 / 04.03.2025
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

17:32 / 25.02.2025