O‘zbekiston | 13:57 / 28.02.2025
2295
1 daqiqa o‘qiladi

Elektrdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Qashqadaryo viloyatida fermer xo‘jaligi o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, holat “O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan. Koson tumani “Sherbek” MFYda joylashgan “U.A.H.” fermer xo‘jaligi suv nasos qurilmalariga ulanib hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 222,9 mln so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mavzuga oid