NBC: Rossiya anneksiya qilingan hududdan resurslarni AQShga taklif qilmoqda
Moskva Trampga Ukrainaning Donetsk va Zaporijjya viloyatlaridagi mineral resurslarning bir qismini AQSh mulkiga o‘tkazishni taklif qildi, deb xabar bermoqda NBC manbalarga tayanib.

Foto: AP
Rossiya AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatiga Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Ukraina hududida joylashgan ba’zi mineral resurslar, jumladan, nodir metallarga egalik huquqini AQShga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan kelishuv tuzish imkoniyatini taklif qildi. Bu haqda 26 fevral, chorshanba kuni NBC News o‘z veb-saytida bu boradagi razvedka ma’lumotlari bilan tanish bo‘lgan ismi oshkor etilmagan ikki nafar amerikalik rasmiy va boshqa xabardor manbaga tayanib xabar berdi.
Telekanal manbalariga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yuqori martabali yordamchilari Saudiya Arabistonidagi uchrashuvda Tramp ma’muriyati vakillari bilan yuqoridagi fikrni muhokama qilgan.
Amerika rasmiylarining aniqlik kiritishicha, muhokama AQShning Rossiya o‘zining «yangi hududlari» deb hisoblagan Donetsk va Zaporijjya viloyatlaridagi konlarga kirishi haqida ketmoqda. Manbalarga ko‘ra, Amerika tomoni bu kelishuvga rozi bo‘lmagan, biroq uni ham rad etmagan.
«Tramp tranzaksion o‘yinchi, shuning uchun Putin buni tushunib, shunday qarshi harakatni o‘ylab topdi», deya mintaqada tajribaga ega sobiq amerikalik diplomatdan iqtibos keltiradi jurnalistlar. Manbaga ko‘ra, Rossiya Trampning Ukrainaning tabiiy resurslariga qiziqishini ham, Zelenskiyning kelishuvning dastlabki variantini imzolashdan bosh tortganini ham aniq ko‘rgan.
Tramp «iqtisodiy rivojlanish» bo‘yicha kelishuvlar haqida
«Biz iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha qandaydir bitimlar tuzishga harakat qilyapmiz. Ularda (Rossiya) biz olishni istagan narsalar ko‘p», — dedi Trampning o‘zi 24 fevral kuni jurnalistlar bilan suhbatda. «Bilasizmi, ularda noyob yer metallarining katta zaxiralari bor. Ular... juda katta...»
«Agar biz buni qila olsak, menimcha, bu dunyo tinchligi va uzoq muddatli tinchlik uchun juda yaxshi bo‘lar edi», — deya qo‘shimcha qildi Tramp. «Xuddi Ukraina bilan qilganimiz kabi, agar biz Rossiyani iqtisodiy jihatdan rivojlantirib, xohlagan narsamizga erisha olsak, shunga o‘xshash narsa bo‘lishi mumkin edi».
25 fevral kuni Tramp Rossiya bilan hozir u nazorat qilayotgan Ukraina hududidagi mineral resurslar bo‘yicha kelishuv «bo‘lishi mumkinligini» aytdi, biroq u buni Putin bilan muhokama qilganmi yoki yo‘qmi, aniqlik kiritmadi, deb yozadi NBC.
Mavzuga oid

18:18
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi

17:13
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin

13:43
JAR elchisi AQShda persona non grata deb e’lon qilindi

12:45