Chilida butun mamlakat bo‘ylab blekaut yuz berdi
Chilida elektr ta’minotida uzilishlar poytaxt va tog‘-kon sanoatiga aloqador mintaqalarga ta’sir qildi. Ichki ishlar vazirligi favqulodda holatga mamlakat shimolidagi elektr uzatish liniyasining uzilishi sabab bo‘lganini keltirmoqda.

Foto: Reuters
Chilining katta qismi 25 fevral, seshanba kuni elektr energiyasining katta uzilishiga duch keldi, deya xabar bermoqda jahon agentliklari. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, ayniqsa, mamlakat poytaxti Santyago va tog‘-kon hududlari zarar ko‘rgan.
Dpa agentligining Chili ichki ishlar va jamoat xavfsizligi vazirligiga tayanib aniqlik kiritishicha, gap shimoldagi Arika shahridan mamlakat janubidagi Puerto-Mont shahrigacha bo‘lgan hudud haqida ketyapti. Mahalliy La Tercera gazetasining xabar berishicha, Chilidagi uy xo‘jaliklarining qariyb 80 foizi elektr ta’minotisiz qolgan. 26 fevralga o‘tar kechasi (mahalliy vaqt bilan) Chilida blekaut sababli favqulodda holat e’lon qilindi, Santyagoda komendantlik soati joriy etildi.
Reuters agentligining o‘z muxbiriga tayanib xabar berishicha, Santyagoda blekaut fonida ko‘cha chiroqlari o‘chgan va metro ishlamay qolgan. Agentlikka ismi oshkor etilmagan manbaning aytishicha, dunyodagi eng yirik mis rudasi koni - Eskondidada ham quvvat yo‘qolgan. O‘z navbatida, Codelco mis qazib oluvchi davlat kompaniyasi uning barcha konlari blekautdan zarar ko‘rganini bildirdi.
Chili fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi DGAC ma’lumotlariga ko‘ra, blekaut Arturo Merino xalqaro aeroporti faoliyatiga ta’sir qilmagan, ammo LATAM Airlines ba’zi reyslarga ta’sir qilishi mumkinligini aytdi.
Chili ichki ishlar vaziri Karolina Toaning so‘zlariga ko‘ra, hodisaga mamlakat shimolidagi elektr tarmog‘idagi nosozlik sabab bo‘lgan. U kiberhujumni istisno qildi. Ichki ishlar vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, elektr ta’minoti «yaqin soatlarda» tiklanishi kerak.
Mavzuga oid

22:59 / 14.02.2025
Bukri kit odamni yutib yuborib, so‘ng tuflab tashladi - video

09:16 / 10.02.2025
Bir maymun butun Shri-Lankani elektrsiz qoldirdi

14:18 / 11.11.2024
Kubada blekaut sababli norozilik namoyishiga chiqqanlarga qarshi ish ochildi

19:19 / 20.10.2024