Salkam 350 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
Namangan viloyatida 346,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
“O‘zenergoinspeksiya” xabar berishicha, holat “O‘zenergoinspeksiya” Namangan viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan. Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan “M.X.F.” MChJga qarashli binoda ta’minot korxonasi bilan shartnoma rasmiylashtirmasdan, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 346,7 mln so‘mlik zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

09:40 / 06.03.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalangan korxona fosh etildi

14:05 / 05.03.2025
Toshkent va Andijonda 1 mlrd so‘mlik elektrdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

09:02 / 05.03.2025
Qariyb yarim mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

09:32 / 04.03.2025