Kuvayt O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishi mumkin
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti vakillarining Kuvaytga safari uyushtirildi.

Foto: "Dunyo" AA
Tashrifning asosiy maqsadi Kuvaytdagi salohiyatli ish beruvchi va rekruting kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazish hamda O‘zbekistondan malakali ishchi kuchini Kuvaytga jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishishdan iborat bo‘ldi.
O‘zbekiston delegatsiyasi safar davomida ushbu mamlakatning yetakchi Kuwait Agriculture Company, Gulf Care Trade, AlJaber Group Holding, NBTC Group, Me Career, Brunel Energy Kuwait, Diversity Tech kompaniyalari va Courtyard by Marriott mehmonxonasi rahbarlari bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida O‘zbekistondan malakali ishchi kuchini jalb etish, til va kasbiy o‘qitish markazlarini birgalikda tashkil etish, nomzodlarni tanlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
O‘zbekiston vakillari kelgusida Kuvayt tomoni taqdim etgan talabnomalar asosida ushbu mamlakatga ishlashga xohish bildirgan nomzodlar taqdim etilishini bildirdi.
Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha anglashuv memorandumlarni ishlab chiqish va imzolashga kelishib oldilar.
Mavzuga oid

12:11 / 01.03.2025
Noqonuniy ishdan bo‘shatilganlarga to‘lanmagan 40 mlrd so‘mlik ish haqlari undirildi

11:13 / 28.02.2025
DXX Yaponiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarni aniqladi

14:05 / 20.02.2025
Germaniyada deyarli 300 ming ukrainalik ishga joylashtirildi

15:40 / 18.02.2025