Jamiyat | 12:09 / 25.02.2025
2023
1 daqiqa o‘qiladi

Fermer xo‘jaligi 1,7 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi 

Qashqadaryo viloyatida 1,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi fosh etildi.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, holat “O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida aniqlangan. Koson tumani “Obron” MFYda joylashgan “M.S.” fermer xo‘jaligi 4 ta suv nasos qurilmasini elektr hisoblagichdan tashqari ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. 

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 702 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Mavzuga oid