O‘zbekiston | 16:42 / 23.02.2025
21025
1 daqiqa o‘qiladi

Kim aybdor: o‘qituvchi yo o‘quvchi? | SUBYEKTIV

Dunyo savodxonlik reytingida O‘zbekiston yetakchilardan. Lekin moliyaviy savodxonligimiz past. O‘quvchilarning har to‘rtinchisi darsda ustoziga quloq solmaydi. Har oltinchi ota-ona farzandining o‘qishiga mutlaqo befarq. Sabablar faqat bular emas: “qolipda qotgan” zerikarli darslar, gadjetlar, e’tibordan chetda qolayotgan maktab hojatxonalari va bolalar taomnomasi... SUBYEKTIV'ning o‘rta ta’limga bag‘ishlangan bu galgi mavzusi hech kimni befarq qoldirmasligiga ishonamiz. Chunki har oltinchi o‘zbekistonlik – o‘quvchi, har yetmish beshinchi yurtdoshimiz – o‘qituvchi.

Mavzuga oid