Parkentdan Toshkentgacha temiryo‘l quriladi
«Baytqo‘rg‘on–Parkent» elektrlashtirilgan temiryo‘lining uzunligi 23,8 kilometrdan iborat.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Toshkent viloyatining Parkent tumani markazidan poytaxtgacha qariyb 24 km uzunlikda temiryo‘l qurilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
«Parkent tumanini poytaxt bilan bog‘lovchi «Baytqo‘rg‘on–Parkent» elektrlashtirilgan temiryo‘lining qurilishi jadal olib borilmoqda. Bu yo‘lning umumiy uzunligi 23,8 kilometrdan iborat. Loyiha doirasida 2 ta ajratish punkti, 4 ta ko‘prik, 2 ta yo‘l o‘tkazgich, 1 ta tunnel turidagi yo‘l o‘tkazgich, 78 ta suv o‘tkazish inshooti, 7 ta avtomobil yo‘li va temiryo‘li kesishmasi qurilishi rejalashtirilgan», deyiladi xabarda.
Shuningdek, qayd qilinishicha, «Parkensoy» bo‘yida yangi avtoyo‘l, ko‘pqavatli uy-joylar, ijtimoiy soha, savdo va xizmat ko‘rsatish obektlarining qurilishi boshlangan. Tuman markazidagi ko‘prik rekonstruksiya qilinyapti, yoz oylarida transport oqimi ko‘payadigan asosiy yo‘lni tunnel orqali Zarkent va So‘qoq yo‘liga ulash ishlari ketyapti.
Ta’kidlanishicha, qurilish maydonining fuqarolar foydalanuvida bo‘lgan qismida, amaldagi qonunchilikka binoan, «o‘zaro kelishuv va xolis, adolatli baholashdan» keyin ishlar boshlanadi. «Hech kimning norozi bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi».
Mavzuga oid

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

07:40 / 06.05.2025
Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi

15:01 / 05.05.2025
«CanSat Uzbekistan-2025» musobaqasining final bosqichidan fotoreportaj

17:12 / 29.04.2025