Toshkentda haydovchi uxlab qolishi oqibatida Lacetti uchta mashina bilan to‘qnashdi
Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida Lacetti avtomobili oldinda ketayotgan uchta mashinaga borib urildi. YHXB ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi rulda uxlab qolgan.

Foto: Videodan kadr
19 fevral kuni ertalab Toshkentning Maxtumquli ko‘chasida Lacetti avtomobili oldinda harakatlanayotgan mashinalarga urilib ketdi.
Videoregistratorlardan olingan yozuvlarda sedanning zich va sekin harakatlanayotgan oqimda tezlik bilan Lada va Cobalt orasidan o‘tib, ularga shikast yetkazganini ko‘rish mumkin. So‘ngra u Malibu`ga borib urilgan.
Poytaxt IIBB YHXB xabar berishicha, YTHga haydovchining rulda uxlab qolishi sabab bo‘lgan. Jabrlanganlar yo‘q. Tergov boshlandi.
Ma’lumot uchun, Maxtumquli ko‘chasi Toshkent viloyatidan poytaxt markaziga olib boradi.
Mavzuga oid

22:49 / 16.03.2025
Yangiyo‘lda Gentra simyog‘ochga borib urildi

17:51 / 15.03.2025
Radarlar qayd etgan tezlikdan 5 emas, 10 km/soat chegirib tashlanishi kutilmoqda

11:11 / 15.03.2025
2024 yilda «prava»si yo‘q haydovchilar 400 dan ortiq YTH sodir qildi – Senat javobgarlikni kuchaytirmoqchi

23:03 / 14.03.2025