Jamiyat | 08:36 / 19.02.2025
1777
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda Gentra ikki piyodani urib yubordi 

Samarqand viloyatida Gentra yo‘l chetida turgan ikki fuqaroni urib yubordi. 

Foto: IIB YHXB axborot xizmati

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga ko‘ra, holat 17 fevral kuni taxminan soat 14:10 da hududning Nurpay ko‘chasida sodir bo‘lgan. Gentra svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanib ketayotgan vaqtda Cobalt bilan to‘qnashib yo‘lning o‘ng tomonida bo‘lgan ikki piyodani urib yuborgan. 

Hodisa oqibatida piyodalar tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. 

Mavzuga oid