O‘zbekiston | 16:16 / 17.02.2025
4305
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi
Dolli Allayev yangi lavozimda ish boshlaydi.

Foto: O‘zbekiston mahallalari uyushmasi
Allayev Dolli Hakimovich - O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.
U 1965 yilda Qashqadaryo viloyati, Koson tumanida tug‘ilgan. 1989 yilda Qarshi davlat pedagogika institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – tarix va jamiyatshunoslik fani o‘qituvchisi.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.