Netanyahu: AQSh yordami bilan biz Eronga qarshi «ishni yakunlaymiz»
Isroil bosh vaziri Quddusda AQSh davlat kotibi Rubio bilan uchrashuvdan so‘ng «Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak», dedi. Shuningdek, Suriya va G‘azo sektoridagi vaziyat muhokama qilindi.

Foto: Evelyn Hockstein/REUTERS
Isroil va AQSh Eronning yadroviy ambitsiyalari va uning Yaqin Sharqdagi «tajovuzkorligi»ga qarshi turish niyatida, dedi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu 16 fevral, yakshanba kuni o‘z lavozimiga kirishganidan so‘ng ilk bor Isroilga tashrif buyurgan AQSh davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashuvdan so‘ng. Netanyahu Rubio bilan bir qator masalalarni muhokama qilganini, «hech biri Erondan muhimroq emasligini» aytdi.
Eron yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak
«Biz oyatullohlar yadro quroliga ega bo‘lmasligi, Eronning mintaqadagi tajovuzkorligi to‘xtatilishi kerakligi to‘g‘risida kelishib oldik», deya Reuters agentligi Isroil bosh vazirining so‘zlarini keltirgan. O‘z navbatida, AQSh Davlat departamenti rahbari Eron Yaqin Sharqdagi «har bir terrorchi guruh ortida», «bu mintaqani o‘z uyi deb ataydigan millionlab odamlar uchun tinchlik va barqarorlikka tahdid soladigan barcha narsaning ortida» ekanini ta’kidladi.
Netanyahu Isroil «prezident Trampning kuchli rahbarligi ostida» Eronga qarshi «ishni yakunlashiga» ishontirdi. Matbuot anjumanida Isroil bosh vaziri Donald Trampni «Isroilning Oq uydagi eng katta do‘sti» deb atadi.
Rubio: AQSh Suriyadagi vaziyatni kuzatib boradi
AQSh davlat kotibi Suriyadagi siyosiy vaziyat haqida gapirar ekan, Bashar Asad rejimining qulashini «umidli» deb atadi, biroq ayni paytda «beqarorlashtiruvchi bir kuchning boshqasi bilan almashtirilishi ijobiy holat emas»ligini ta’kidladi. «Bu biz diqqat bilan kuzatadigan narsa», dedi Rubio.
O‘z navbatida Netanyaxu «boshqa dushman kuchlar», ya’ni birinchi navbatda Eronni nazarda tutib, Suriyadan «Isroilga qarshi amaliyotlar uchun baza» sifatida foydalanishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi. U Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) Suriyadagi nishonlarga «yuzlab zarbalar» berganini eslatdi.
Mavzuga oid

12:25
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025
HAMAS Isroil harbiy harakatlar boshlasa, garovga olinganlarni o‘ldirish bilan tahdid qildi

12:50 / 06.03.2025