HAMAS Misr bosimidan so‘ng G‘azoni Falastin ma’muriyatiga berishga rozi - OAV
AQSh prezidenti Donald Tramp HAMAS hokimiyatdan chetlatilishi evaziga G‘azo sektori aholisini ko‘chirish rejasidan voz kechishga tayyorligini ma’lum qilgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Reuters
HAMAS G‘azo sektoridagi hokimiyatni Falastin ma’muriyati va G‘azoni boshqarish bo‘yicha hukumat qo‘mitasiga topshirishga tayyor. Bu haqda Sky News Arabia telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, bunga Misr tomonidan qilingan bosim sabab bo‘lgan. HAMAS o‘z qarori haqida Falastin ozodlik tashkilotini (PLO) xabardor qilgan.
HAMAS G‘azo sektori davlat apparatining amaldagi xodimlari yangi ma’muriyat tarkibiga qo‘shilishi yoki tegishli to‘lovlar bilan pensiyaga yuborilishi shartini qo‘ygan.
Isroilning Kan-11 telekanali arab diplomatik manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh prezidenti ma’muriyati arab davlatlari rahbarlariga Tramp mintaqa kelajagi bo‘yicha HAMAS hokimiyatga qaytmasligini nazarda tutuvchi loyihani ko‘rsa, G‘azo sektori aholisini ko‘chirish rejasidan voz kechishga tayyorligini ma’lum qilgan.
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 16 fevral kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida HAMAS G‘azo sektorida hukmron kuch bo‘lib qolmasligi kerakligini aytdi. Oq uyning Yaqin Sharq bo‘yicha vakili Stiv Uitkoff so‘zlariga ko‘ra, HAMAS tomonidan ushlab turilgan barcha isroilliklarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar shu hafta davom etadi.
Avvalroq Donald Tramp AQSh G‘azo sektori ustidan nazorat o‘rnatishi va butun Falastin aholisini qo‘shni davlatlar – Misr va Iordaniyaga ko‘chirishi haqidagi rejani taklif qilgan edi.
Mavzuga oid

12:25
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025
HAMAS Isroil harbiy harakatlar boshlasa, garovga olinganlarni o‘ldirish bilan tahdid qildi

22:42 / 06.03.2025