Bloomberg: Rossiya va Suriya harbiy bazalar bo‘yicha kelishuvga yaqin
Moskva Damashqqa yordam berish evaziga mintaqadagi ishtirokini saqlab qolish niyatida. Shuningdek, bu Suriyaning yangi hukumatiga Turkiya ta’sirini «muvozanatlash» imkonini beradi.

Foto: AP
Rossiya Suriyaning yangi hukumati bilan Tartus va Lataqiyadagi harbiy bazalarining maqomi bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva Damashqqa IShIDga qarshi kurashda yordam berish evaziga mintaqadagi ishtirokini saqlab qolish niyatida.
Bloomberg suhbatdoshlaridan birining so‘zlariga ko‘ra, Suriyada Rossiya harbiy bazalarining bo‘lishi mamlakatning yangi hukumatiga Turkiyaning oshib borayotgan ta’sirini «muvozanatlash»ga yordam berishi mumkin. Ammo gap Rossiyaning mintaqadagi «qisqartirilgan» ishtiroki haqida ketmoqda. Mazkur masala bo‘yicha hali yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Rossiya harbiy kontingenti Suriyaga 2015 yil sentabrda global terrorchilar guruhini yo‘q qilish maqsadida yuborilgan. Tartus provinsiyasida Rossiya Harbiy-dengiz kuchlarining 720-moddiy-texnik ta’minot punkti, Lataqiya provinsiyasida esa Hmeymim aviabazasi joylashgan.
12 fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin birinchi marta Suriyaning o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shar’a bilan telefon orqali muloqot qilgandi. Muloqot davomida Rossiya yetakchisi Suriyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, jumladan, insonparvarlik yordami orqali yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgan. Kremlga ko‘ra, telefon muloqoti «konstruktiv, ishga oid va mazmunli» kechgan.
Mavzuga oid

22:06 / 20.03.2025
Britaniya razvedkasi: Rossiya armiyasining Ukrainadagi yo‘qotishlari 900 ming kishiga yetdi

21:54 / 20.03.2025
Yevroittifoq Rossiya aktivlarini musodara qilish muhokamasini to‘xtatdi

20:30 / 20.03.2025
Kreml: Rossiya va AQSh 24 mart kuni g‘alla bitimini tiklash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

10:51 / 20.03.2025