Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta’lim olish sog‘liq uchun foydali ekani isbotlandi
Ta’lim darajasi chindan ham inson salomatligiga ta’sir ko‘rsatadi, bu ta’sir, ayniqsa, yosh ulg‘aygan sari yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Troms universiteti olimlari Shimoliy Norvegiya aholisining sog‘lig‘ini o‘n yillar davomida kuzatib, shunday xulosaga keldi.
Ta’lim nafaqat muvaffaqiyatli karera qurishga va ko‘proq daromad olishga yordam beradi, balki sog‘lom hayot kechirish kaliti ham hisoblanadi, deb ta’kidladi tadqiqot rahbari Samelin Grimsgor.
“Tromseundersokelsen” nomli keng ko‘lamli tadqiqot 1974 yilda boshlangan: 50 yildirki, minglab norvegiyaliklar ushbu tajriba doirasida muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tib kelmoqda, tahlillar topshirib, olimlarga o‘z sog‘lig‘i va turmush tarzi haqidagi ma’lumotlarni bermoqda. 2007 va 2016 yillarda olingan so‘nggi natijalar tahlili ko‘rsatishicha, quyi ma’lumotli odamlarning sog‘lig‘i oliy ma’lumotli ishtirokchilarga nisbatan tezroq yomonlashadi.
Boy va kambag‘al ishtirokchilarning umr ko‘rish davomiyligi ham bir-biridan farq qiladi. Masalan, tadqiqotlarda 40 yoshdagi badavlat erkaklar kambag‘al tengdoshlariga qaraganda deyarli 14 yil ko‘proq umr ko‘rishi aniqlandi. Ayollarda bu farq kichikroq, ammo baribir sezilarli bo‘lib, taxminan 8,4 yilni tashkil etadi.
8 000 dan ortiq ishtirokchilarning qon tahlillari va boshqa tibbiy ko‘rsatkichlari yosh o‘tishi bilan sog‘liq muqarrar ravishda yomonlashishini, ammo ma’lumoti kam odamlarda bu jarayon yanada tezlashishini tasdiqladi. Bunga sabablar qatorida olimlar jismoniy faollik kamligi, noto‘g‘ri ovqatlanish va zararli odatlarni keltirdi. Ma’lum bo‘lishicha, faqat boshlang‘ich maktab ta’limini olgan odamlar ko‘pincha kam harakatli turmush tarzini olib boradi, ularning ko‘pchiligida ortiqcha vazn va chekishga qaramlik kuzatiladi.
Shuningdek, ish va moliyaviy holat bilan bog‘liq stress ham salomatlik holatiga ta’sir qiladi. Yetarlicha ma’lumotga ega bo‘lmagan odamlar ko‘pincha iqtisodiy qiyinchiliklarga duch keladi, ularning muvaffaqiyatli karera qurish istiqbollari kamroq, ko‘pincha sog‘liq uchun zararli sharoitlarda ishlashga majbur bo‘ladi.
“Tromsoundersokelsen” — Norvegiyadagi eng yirik va dunyodagi eng mashhur uzoq muddatli tibbiy tadqiqotlaridan biri. O‘tgan 50 yil davomida unda 45 mingdan ortiq odam ishtirok etdi. Tadqiqot keng ko‘lamli sog‘liqni saqlash masalalarini o‘z ichiga oladi. Bular jumlasiga yurak, o‘pka kasalliklari, saraton va qandli diabet paydo bo‘lishi va ularning oldini olish, jismoniy faollik va ovqatlanish, qarish va demensiya, ruhiy salomatlik kabi mavzular kiradi.
2025 yilda ushbu tibbiy tajribaning navbatdagi bosqichi o‘tkaziladi, unda 40 yoshdan oshgan 37 ming aholi ishtirok etishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 64-sonli avtobus yonib ketdi
O‘zbekiston | 15:32
-
Kamchatkada 7,2 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Jahon | 14:53
-
Ko‘paygan suvda cho‘kishlar, ruhiy «nosog‘lom» mintaqa, shifokorlarga hujum va Rog‘un GESidan 20 yillik shartnoma
Jahon | 14:06
-
Saudiyada 20 yil komada yotgan shahzoda vafot etdi
Jahon | 13:47
Mavzuga oid

22:33 / 17.07.2025
“Yoshartiruvchi muolaja” - vaqtinchalik taskin: teri salomatligi aslida nimaga bog‘liq?

21:57 / 17.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi

08:38 / 15.07.2025
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi

15:00 / 12.07.2025