Moskvadagi migrantlar mehmonxonasida ommaviy zaharlanish yuz berdi
Jabrlanganlar Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

Foto: 360tv
Rossiyaning Moskva shahri janubidagi «RBK servis» mehmonxonasida 50 kishi tayyor ovqatdan zaharlandi. Bu haqda Mash xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, jabrlanganlar bitta ta’minotchi tayyorlagan taomlarni iste’mol qilgan. Besh kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Zaharlangan shaxslar «Obrucheva 30» turar joy majmuasi qurilishida ishlagan. Bir kun oldin ularga osh va tovuq tortilgan. Ishchilar yotoqxonada o‘zini yomon his qilgan, ba’zilari qusishni boshlagan.
Hozir voqea joyida o‘nlab tez yordam mashinalari ishlamoqda. Jabrlanganlar Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.
Quruvchilarga oziq-ovqatni «OOO Yenidem» kompaniyasi yetkazib bergan.
Mavzuga oid

11:27 / 22.04.2025
Rossiyaga markaziy osiyolik migrantlar oqimi kamaygani aytildi

08:55 / 22.04.2025
Rossiya noqonuniy migrantlarga o‘z holatini qonuniylashtirish muhlatini uzaytirishi mumkin

22:16 / 19.04.2025
Toshkent va Moskva migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalarini muhokama qildi

23:11 / 18.04.2025