AQShning atom aviatashuvchisi savdo kemasi bilan to‘qnashib ketdi
Amerikaning USS Harry S Truman aviatashuvchisi O‘rta Yer dengizida Besiktas-M savdo kemasi bilan to‘qnashib ketdi. Holat bo‘yicha tergov boshlangan.

Foto: Global Look Press
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Oltinchi floti bayonotiga ko‘ra, to‘qnashuv 12 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:46 da, O‘rta Yer dengizida — Port-Said shahri yaqinida (Misr) yuz bergan.
Aviatashuvchi, jumladan, uning dvigatel qismiga shikast yetmagan. Holat bo‘yicha tergov boshlangan.
MarineTraffic servisi ma’lumotlariga ko‘ra, Besiktas-M savdo kemasi Panama bayrog‘i ostida suzgan. Kema Port-Saiddan chiqqan va Ruminiyaning Konstansa portiga ketayotgan bo‘lgan.
«Harri Trumen» aviatashuvchisi oxirgi bir yil ichida Yaqin Sharqdagi operatsiyalarda faol ishtirok etdi. 2024 yil dekabrda u Yaman husiylarining savdo kemalariga hujumlari fonida mintaqaga suzib kelgandi.
Oy oxirlarida esa amerikalik harbiylar Qizil dengiz ustida o‘z qiruvchisini urib tushirgani ma’lum bo‘lgan edi. «USS Harry S Truman aviatashuvchi zarbdor guruhi tarkibidagi USS Gettysburg raketa kreyser tasodifan zarba berib, USS Harry S Truman aviatashuvchisidan havoga ko‘tarilgan F/A-18 Hornet samolyotini urib tushirdi», — deyilgandi xabarda.
Mavzuga oid

12:02 / 18.06.2024
O‘rta Yer dengizidagi kemalardan birida 10 kishining jasadi topildi

14:00 / 02.01.2024
AQSh O‘rta Yer dengizi sharqidan aviatashuvchi kemasini olib chiqib ketyapti

10:53 / 23.10.2023
AQSh Sharqiy O‘rta Yer dengiziga RQM va HHM tizimlarini yubormoqda

15:08 / 14.10.2023