2024 yilda eng qimmat avtoraqam qanchaga sotilgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi 2024 yilda sotilgan “chiroyli” avtomobil raqamlarini asosan jismoniy shaxslar sotib olganini ma’lum qildi.

Foto: uzex.uz
2024 yilda 195 mingdan ziyod avtoraqamlar onlayn auksionlar orqali sotilgan.
Sotilgan avtoraqamlarning 97 foizi jismoniy shaxslar, 3 foizi yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. Sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 1,7 mln so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 965,3 mln so‘mni tashkil qildi.
Shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan davrda birja orqali umumiy qiymati 875,9 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan qariyb 64,3 mingta “yashil sertifikatlar” sotilgan. Birjada savdo ishtirokchilari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida ikki tomonlama qarama-qarshi auksioni ishga tushirildi.
Ikki tomonlama qarama-qarshi auksion birjaning savdo rejimi bo‘lib, bozor narxlarini aniqlashning yanada samaraliroq usuli hisoblanadi. Mazkur savdo rejimida ikki tomon bir vaqtning o‘zida o‘z narx takliflarini berishlari mumkin. Buning natijasida raqobat nafaqat xaridorlar balki sotuvchilar o‘rtasida ham kuchayib boradi.
Mavzuga oid

16:42 / 07.02.2025
2024 yilda birjada sotilgan eng arzon va eng qimmat avtoraqamlar narxi ma’lum qilindi

19:04 / 20.01.2025
Paxta yetishtirishda yangi tartib: Birjaga taklifni klasterlar joylaydi, fermerlar tanlaydi

12:27 / 17.01.2025
Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari bozorida bitimlarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

09:32 / 25.12.2024