Samarqandda yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketdi
11 fevral kuni Samarqand viloyati hududida yo‘lovchi avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Avtobus temiryo‘l ko‘prigida bordyurga urilib, yonboshlab qolgan. Vafot etganlar bo‘lishi mumkin.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda avtobusni ko‘tarish uchun texnikalar harakatlanayotgani ko‘rinadi.
Kun.uz manbalariga ko‘ra, YTH Samarqand viloyati Jomboy tumani hududida ro‘y bergan. Bir kishi vafot etgan.
Hodisaga avtobus haydovchisi sirpanchiq yo‘lda boshqaruvni yo‘qotgani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. YTH natijasida yo‘lda tirbandlik vujudga kelgan.
Ichki ishlar vazirligi YHXXning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Tergovning yakuniy xulosasiga ko‘ra jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, – deyiladi rasmiy axborotda.
IIV mas’uli jabrlanganlar yoki qurbonlar haqida ma’lumot bermadi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus Cobalt bilan to‘qnashgan. Avtobus yengil mashinaning holatini inobatga olmasdan tezlikni me’yoridan oshirib kelgani oqibatida tormozni keskin bosgan.
Samarqand YHXB hodisa oqibatida bir kishi o‘limini tasdiqladi – 68 yoshli erkak tibbiyot birlashmasida vafot etgan.
Mavzuga oid

08:10 / 10.03.2025
Sebzor ko‘chasida ikkita Nexia-3 ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

15:12 / 06.03.2025
Rossiyadagi YTHda uch nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

12:12 / 06.03.2025
Samarqanddagi bog‘chada ham tarbiyachi bolalarni kaltakladi

09:32 / 05.03.2025