Toshkentda BYD va avtobus o‘zaro to‘qnashdi
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Foto: IIBB YHXB
Joriy yilning 8 fevral kuni soat 07:15 larda Yunusobod tumani THAY ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi A.S. boshqaruvidagi BYD hamda 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi S.A. boshqaruvida bo‘lgan YUTONG rusumli avtobus o‘zaro to‘qnashuvi natijasida YTH sodir bo‘lgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:02 / 01.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi

18:22 / 27.02.2025
Toshkentda avtobus daraxtga borib urildi

16:25 / 27.02.2025
Toshkent viloyatining 7 ta shahriga 170 ta avtobus xarid qilinadi

11:23 / 25.02.2025