Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi
Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, hozirda tabiiy gaz zaxira quvurlari orqali hech bir uzilishsiz o‘tkazilmoqda.

Foto: Energetika vazirligi
Buxoro viloyati hududidan o‘tgan diametri 1020 millimetrli magistral gaz quvuridagi yong‘in to‘liq o‘chirildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda bu yerda «O‘ztransgaz» AJ xodimlari tomonidan ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.
«Tabiiy gaz zaxira gaz quvuri orqali hech bir uzilishsiz o‘tkazilyapti va uning iste’molchilarga yetkazilishi shtat rejimida davom etmoqda», — deyiladi xabarda.
10 fevral kuni Buxoro–Ural magistral gaz quvurining Buxoro viloyatidan o‘tgan qismida avariya ro‘y berib, yong‘in chiqdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ko‘ra, avariya Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasining yer ostidan o‘tgan quvurida ro‘y bergan. Soat 11:30 da murvatlar yopilib, qoldiq gazlar chiqib ketgan.
Buxoro viloyatiga oid Telegram-kanallarda viloyatdagi metan shoxobchalar yopilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bartaraf etilmaguncha metan shoxobchalarga vaqtincha cheklovlar kiritilishi Energetika vazirligi xabarida ham aytildi, ammo vazirlik axborotining ushbu qismi ko‘p o‘tmay o‘chirib yuborildi.
Birozdan so‘ng vazirlik aniqlashtiruvchi xabar e’lon qilib, barcha hududlardagi metan shoxobchalar «hozirgi rejimda ishlashda davom etishi»ni ma’lum qildi.
Mavzuga oid

23:33 / 06.03.2025
Buxoroda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi turistik korxonalar soni 186 taga yetdi

16:25 / 05.03.2025
Buxoroda 20 yoshli yigitning ichidan 5 to‘g‘nog‘ich va 6 mix olib tashlandi

20:39 / 28.02.2025
Buxoroda 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

10:51 / 22.02.2025