O‘zbekiston | 18:27 / 06.02.2025
10974
1 daqiqa o‘qiladi

Uchta xorijiy aviakompaniya O‘zbekistonga parvozlar uchun ruxsat oldi

Malayziya, Janubiy Koreya va Misr aviakompaniyalari Toshkentga parvoz qiladi.

Foto: AirAsia

«O‘zaviatsiya» agentligi Malayziya, Janubiy Koreya va Misr aviakompaniyalarining O‘zbekistonga muntazam parvozlariga ruxsat berdi.

Jumladan, Malayziyaning «Air Asia X Berhad» aviakompaniyasiga Kuala-Lumpur—Toshkent—Kuala-Lumpur yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. Parvozlar Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Janubiy Koreyaning «T’way Air» aviakompaniyasiga Seul—Toshkent—Seul yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirishga ruxsat berildi. Parvozlar Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, Misrning «Red Sea Airlines» aviakompaniyasiga Sharm-ash-Shayx—Toshkent—Sharm-ash-Shayx yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirishga ruxsat berildi. Parvozlar Voeing 737 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Mavzuga oid