Tojikistonning sobiq tashqi ishlar vaziri 27 yilga qamaldi
Hamroxon Zarifiy va boshqa sudlanuvchilar «davlat to‘ntarishiga urinish» ishi bo‘yicha 18 yildan 27 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindi.

Foto: Wikimedia
Tojikiston Oliy sudi «davlat to‘ntarishiga urinish» ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Ayblanuvchilar turli muddatlarga, jumladan, sobiq tashqi ishlar vaziri Hamroxon Zarifiy 27 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi Asia-Plus.
Eng uzoq muddat - 27 yillik qamoq jazosi sobiq vazir Zarifiyga, shuningdek, parlamentning sobiq deputati va Tojikiston demokratik partiyasi raisi Saidjafar Usmonzodaga berildi. Sud Demokratik partiya raisining sobiq o‘rinbosari, jurnalist Ahmadshoh Komilzodani 18 yilga, Sotsial-demokratik partiya raisi o‘rinbosari, huquqshunos Shokirjon Hakimovni 18 yilga, jurnalist va Shokirjon Hakimovning jiyani Ruxshona Hakimovani 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Tojikistonda amaldorlarni bu ish bo‘yicha hibsga olish 2024 yil iyun oyida boshlangan edi. Rasmiylar tergov bo‘yicha ma’lumot bermadi, sud mahkamalari yopiq eshiklar ortida o‘tdi.
Qayd qilinishicha, sudlanuvchilarning aksariyati «Davlatga xiyonat» va «Hokimiyatni egallash», ba’zilari «Firibgarlik», «Milliy, irqiy, mahalliy yoki diniy adovatni qo‘zg‘atish» moddalari bilan ayblangan. Ayblanuvchilar o‘z aybini tan olmagan va suddan oqlashni so‘ragan.
76 yoshli Hamroxon Zarifiy 2006-2013 yillarda Tojikiston tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid

20:37 / 10.03.2025
Yevropa Ittifoqi Tojikistonga chegara xavfsizligini yaxshilashga yordamlashadi

20:59 / 06.03.2025
Ruminiyada davlat to‘ntarishiga urinishda gumonlangan shaxslar ushlandi. Ish figurantlaridan biri - 101 yoshli general

20:44 / 06.03.2025
Germaniyada «reyxsbyurgerlar» harakati a’zolariga hukm o‘qildi

17:38 / 03.03.2025