Qatar O‘zbekistondan malakali mutaxassislarni ishga qabul qilishga tayyorlanmoqda
Mamlakat elchixonasi ko‘magida 23-25 yanvar kunlari O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olim Abdullayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasining Qatarga tashrifi tashkil etildi.

Foto: Dunyo
Tashrif davomida Qatar mehnat vaziri o‘rinbosari Shayxa Najva bint Abdurahmon Ol Soniy, Tashqi ishlar vazirligi Konsullik departamenti direktori Muhammad bin Abdullo As-Subaiy va Ichki ishlar vazirligi migratsiya va pasport xizmati rahbari general Muhammad bin Ahmad Ad-Dusariylar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Bo‘lib o‘tgan tadbirlar doirasida Qatar tomoni mamlakat mehnat bozorida O‘zbekiston fuqarolarining soni oshib borishidan manfaatdor ekanini ta’kidladi.
O‘zbekistondan Qatarga vaqtincha ishlash maqsadida tashrif buyuradigan fuqarolarga ko‘maklashish, jumladan, ularga munosib ish o‘rinlari va zarur sharoitlarni yaratish, vizalar rasmiylashtirilishi bilan bog‘liq tartibni soddalashtirish, ularning haq-huquqlarini qonuniy asosda ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Tashrif davomida Migratsiya agentligi va Qatarning eng yirik "Jusur" rekruting kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur hujjat doirasida o‘zbekistonlik malakali mutaxassislar sog‘liqni saqlash, neft va gaz, mehmonxonalar va xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda Qatarda ish bilan ta’minlanadi.
Qatar Ichki ishlar vazirligi o‘zbekistonlik mutaxassislarga ishchi vizalarni qisqa fursatlarda rasmiylashtirib berishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston va Qatar Tashqi ishlar vazirliklari Konsullik departamentlari o‘rtasida hamkorlikka doir masalalar bo‘yicha muntazam muloqotni davom ettirish to‘g‘risida kelishib olindi.
Mavzuga oid

12:11 / 01.03.2025
Noqonuniy ishdan bo‘shatilganlarga to‘lanmagan 40 mlrd so‘mlik ish haqlari undirildi

11:13 / 28.02.2025
DXX Yaponiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarni aniqladi

14:19 / 25.02.2025
Kuvayt O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishi mumkin

14:05 / 20.02.2025