Xitoyda politsiyachi it xizmat vaqtida uxlagani sabab mukofotdan mahrum qilindi
Fuzay laqabli it portlovchi moddalarni aniqlash bo‘yicha mutaxassis sifatida ishlaydi. U ijtimoiy tarmoqlarda ham mashhur.

Foto: AFP
Xitoy politsiyasida ishlaydigan birinchi korga zotli it yil yakunida beriladigan mukofotlardan mahrum etildi. Bunga sabab — it xizmat paytida uxlab qolgan va ovqat idishiga hojat chiqargan, deb yozmoqda South China Morning Post.
Fuzay laqabli it 2023 yil 28 avgustda tug‘ilgan. 2024 yil yanvar oyidan u Xitoy shimolidagi Veyfan shahar okrugi politsiyasining portlovchi moddalarni aniqlash bo‘yicha zaxira mutaxassisi sifatida xizmatni boshlagan, deb xabar bermoqda nashr. Oktyabr oyiga kelib esa Fuzay zaxira tarkibidan asosiy tarkibga o‘tkazilgan.
O‘sha yilning mart oyida korganing ijtimoiy tarmoqlardagi akkaunti ommalasha boshladi, hozirda uning qariyb 400 ming obunachisi bor.
2025 yil yanvar oyida e’lon qilingan videolardan birida politsiya xodimi Fuzayni xizmatlari uchun maqtab, sovg‘alar, jumladan, yegulik va o‘yinchoqlar hadya qiladi. Ammo keyin politsiyachi ishdagi xatolar uchun ularning bir qismini olib ketishga qaror qiladi.
Nashr xabar berishicha, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Fuzayning tarafini olishgandan so‘ng, politsiya xodimlari yangi video tarqatdi. Unda korgaga Yangi yil munosabati bilan yeguliklar solingan sovg‘a berishayotgani ko‘rsatilgan.
Avvalroq Hindistondagi harbiy paradda robot itlar ishtirok etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

13:46 / 14.03.2025
Xitoy pandemiya kelib chiqishi masalasida vazminlikka chaqirdi

22:06 / 13.03.2025
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi

15:17 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat

18:16 / 12.03.2025