Jahon | 12:30 / 27.01.2025
6288
2 daqiqa o‘qiladi

Belarusda Aleksandr Lukashenko yettinchi prezidentlik muddatiga qayta saylandi

Belarusda bo‘lib o‘tgan saylovda saylovchilarning 86,82 foizi Aleksandr Lukashenkoga ovoz berdi, deya xabar berdi BeLTA Markaziy saylov komissiyasi raisi Igor Karpenkoga tayanib.

Foto: belta.by

Belarus Respublikasi prezidentligiga har bir nomzod uchun berilgan ovozlar soni bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar:

Gaydukevich Oleg Sergeyevich - 2,02 foiz;
Kanopatskaya Anna Anatolevna - 1,86 foiz;
Lukashenko Aleksandr Grigorevich - 86,82 foiz;
Sirankov Sergey Aleksandrovich - 3,21 foiz;
Xijnyak Aleksandr Nikolayevich - 1,74 foiz;
barchaga qarshi - 3,60 foiz.

27 yanvar kuni Belarus Markaziy saylov komissiyasining axborot markazida «Belarus Respublikasi prezidenti saylovining dastlabki natijalari to‘g‘risida»gi yakuniy matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

26 yanvar kuni Belarusda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Markaziy saylov komissiyasi (MSK) rahbari Igor Karpenko matbuot anjumanida saylovchilarning 86,82 foizi yettinchi muddatga qayta saylangan 70 yoshli Aleksandr Lukashenkoga ovoz berganini ma’lum qildi. 

Saylovchilarni saylov uchastkalarida hozir bo‘lgan militsiya xodimlari kuzatib bordi. Ovoz berish kabinalari ochiq edi. Saylov byulletenlarini suratga olish taqiqlanadi va buning uchun jarima ham bor.

2020 yilgi norozilik namoyishlari chog‘ida Lukashenko oltinchi muddati uning oxirgisi bo‘lishiga va’da bergan edi.

Mavzuga oid