O‘zbekiston | 22:44 / 26.01.2025
3191
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda piyoda ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Avtobus piyodani urib yubordi, u tan jarohati olib shifoxonaga yotqizildi.

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Parkent - Mirzo Ulug‘bek ko‘chalari kesishgan chorrahada 4 yanvar kuni yo‘l-transport hodisasi (YTH) yuz berdi.

Toshkent shahar YHXB xabariga ko‘ra, 1966 yilda tug‘ilgan haydovchi avtobusni boshqarib kelayotib, tartibga solingan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan 27 yoshli piyodani urib yuborgan. Hodisa oqibatida u tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid