Afrika qit’asi kutilganidan tezroq parchalanmoqda
Afrika qit’asining parchalanishidan so‘ng, Yer yuzida yangi materik va yana bir okean paydo bo‘lishi mumkin.

Foto: AFP
Afrika qit’asining parchalanishi ilgari kutilganidan ancha oldinroq sodir bo‘ladi, deb taxmin qilmoqda mutaxassislar. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.
Nashrda keltirilishicha, Efiopiya sahrosi ichida 2005 yilda 35 mil (56,5 kilometr) uzunlikdagi yoriq paydo bo‘lgan, biroq o‘shandan buyon u har yili yarim dyuym (taxminan 1,5 santimetr) tezlikda kengayib bormoqda.
Yangi hisob-kitoblarga asoslanib, Kaliforniya universiteti professori Ken Makdonald qit’a bir million yildan besh million yilgacha bo‘lgan muddat ichida parchalanib ketishini ma’lum qildi. Bunga qadar olimlar ushbu jarayon o‘n millionlab yillar davom etishini prognoz qilgandi.
“Hind okeani suvi toshib, hozir Sharqiy Afrikaning rift vodiysi joylashgan hududni suv bosishi mumkin”, — dedi Makdonald.
Maqola mualliflari Afrika qit’asining parchalanishidan so‘ng, Yer yuzida yangi materik va yana bir okean paydo bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. U katta ehtimol bilan Atlantika okeani kabi chuqur bo‘ladi.
Professorning aytishicha, quruqlikning yangi qismi “Nubiya qit’asi” deb nomlanishi mumkin. Unda Somali, Keniya, Tanzaniya, shuningdek, Efiopiyaning yarmi joylashadi.
Yoriq juda sekin kengayishiga qaramay, Afrika qit’asi qanchalik katta ekani hisobga olinsa, bu yorilish hayratlanarli hodisa hisoblanadi.
Mavzuga oid

20:43 / 09.03.2025
Afrikaning 15 ta davlati 2024 yilda internetni bloklash bo‘yicha rekord o‘rnatdi

16:24 / 06.02.2025
O‘zbekiston va Somali o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi

09:05 / 31.01.2025
Rossiya Suriyadagi harbiy kontingentini Liviyaga ko‘chiradimi?

14:40 / 14.12.2024