Qozog‘iston o‘rtacha maosh miqdori bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi deb topildi
Qayd qilinishicha, Qozog‘istonda maoshlar O‘zbekiston va Qirg‘izistonnikidan deyarli ikki baravar ko‘p, Tojikiston bu borada ancha ortda qolgan.

Foto: Depositphotos
2024 yil sentabr holatiga ko‘ra, Qozog‘istonda o‘rtacha ish haqi 817,2 dollarni tashkil etdi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkich, deb yozdi Ranking.kz. Taqqoslash oson bo‘lishi uchun ko‘rsatkichlar dollar ekvivalentida keltirilgan.
Qayd qilinishicha, Qozog‘istonda maoshlar O‘zbekiston ($437,8) va Qirg‘izistonnikidan ($411,2) deyarli ikki baravar ko‘p, Tojikiston bu borada ancha ortda qolgan ($242,8). Turkmaniston bo‘yicha ma’lumot yo‘q.
Eng kam ish haqi bo‘yicha Qozog‘iston yana birinchi o‘rinda (85 ming tenge yoki 181,1 dollar). Keyingi o‘rinlarni quyidagi mamlakatlar egalladi:
- O‘zbekiston — $89,4;
- Tojikiston — $54,9;
- Qirg‘iziston — $28,3.
Tahlilchilar Turkmanistonga oid ma’lumotlarni ham topdi: eng kam ish haqi 1410 manat (yoki davlat kursi bo‘yicha $402,9, ammo «qora bozor» kursi bo‘yicha $74,2).
Nihoyat, tahlilchilar o‘tgan yilning yanvar-oktyabr oylarida Markaziy Osiyoda iste’mol narxlari o‘sishi darajasini hisoblab chiqdi. Inflatsiyaning eng yuqori dinamikasi O‘zbekistonda kuzatilgan – 7,7%. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston 6,6%, Qirg‘iziston 4,2% va Tojikiston 3,2%.
Mavzuga oid

21:00 / 07.03.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida erkin savdo rejimi amal qila boshladi

18:12 / 07.03.2025
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki

20:52 / 05.03.2025
Ittifoqchilik nima? O‘zbekistonning ittifoqchilari kimlar va yana kimlar bo‘lishi mumkin?

17:10 / 04.03.2025