Toshkent shahrida hokim yordamchisi 30 ming dollar bilan ushlandi
Uchtepa tumanida oldin ham 3 marta sudlangan hokim yordamchisi tezkor tadbirda qo‘lga olindi. U tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan fuqaroga yer maydonini auksion savdolari orqali yutib, nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi mahallalaridan birining hokim yordamchisi qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hokim yordamchisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga tuman hududida 4 ta savdo do‘koni qurishi uchun yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali jami 210 kvadrat metr yer maydonini auksion savdolarida yutib, nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U buning evaziga 30 ming dollar olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Ushbu shaxs muqaddam ham Jinoyat kodeksining 167, 168, 205 va boshqa moddalari bilan 3 marotaba sudlangan bo‘lgan.
Hozirda hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (Pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Oldinroq Pop tumani FVB boshlig‘i tezkor tadbirda 160 ming dollar, Samarqand viloyati IIB tezkor xodimi esa 10 ming dollar bilan ushlangandi.
Mavzuga oid

14:04 / 05.03.2025
Prezident amaldorlarning hashamat va dabdabaga intilishini korrupsiyaning ildizi deb atadi

13:43 / 05.03.2025
Prezident advokatlar duch kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish topshirig‘ini berdi

12:10 / 05.03.2025
Bosh prokuratura va IIV bir-birini tiyib turishi kerakligi aytildi

12:07 / 05.03.2025