Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vodiy Shveytsariyasi – Shohimardonga sayohat | “Manzil”
Shohimardon – atrofi to‘liq Qirg‘iziston hududi bilan o‘ralgan O‘zbekistonning eksklavi. Farg‘ona viloyati tarkibiga kiradi. Tog‘lar bag‘ridagi qishloq betakror tabiati va odamlarining yashash tarzi bilan ajralib turadi. “Manzil” loyihasi tarixiy va madaniy ahamiyati bilan mashhur Shohimardonga sayohat qildi.

Bu hudud dengiz sathidan taxminan 1550–1700 metr balandlikda joylashgan. Qishloq aholisi asosan o‘zbeklar va qirg‘izlardan iborat. Atrof tog‘lar bilan o‘ralgan bo‘lib, yaqin masofadan So‘x daryosi oqib o‘tadi.
Shohimardonga yetib borish uchun Farg‘ona shahridan taxminan 55-60 km yo‘l bosish kerak. Shohimardon yam-yashil o‘rmonlari, tog‘ daryolari va shaffof ko‘li bilan mashhur.
Ko‘k-Ko‘l – Shohimardonning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri. Yoz mavsumida bu yerga dam olish va tog‘ sayohatlari uchun ko‘p sayyoh keladi.
Shohimardon nomi arabcha “Shoh va fido” degan ma’noni anglatadi. Shohimardonda yozgi kunlar iliq va salqin bo‘ladi, qish esa sovuq va qorli. Shu sabab bu joy asosan yozda dam olish uchun eng qulay. Biz esa uni qishda qanday bo‘lishi va dam olish uchun sharoitlar bor-yo‘qligiga qiziqdik. Taassurotlarimiz – sayohatnomamizda.
Tohirjon Tursunov,
Kun.uz'ning “Manzil” loyihasi uchun
Ko‘rsatuv O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlandi.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
-
Farg‘onada shifokor adashib bemorning sog‘lom oyog‘ini kesib tashladi
Jamiyat | 21:52
-
Ukraina va Rossiya delegatsiyalari shu hafta Istanbulda uchrashishi kutilmoqda
Jahon | 21:43
-
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38
Mavzuga oid

12:14
Farg‘ona viloyatida "Nexia-3" jarlikka ag‘darilib ketdi, 18 yoshli bola halok bo‘ldi

13:34 / 05.07.2025
Farg‘onadagi Malibu ishi: haydovchi viloyat IIB YHXB boshlig‘ining turmush o‘rtog‘i ekani ma’lum bo‘ldi

14:39 / 26.06.2025
Farg‘onada fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

16:36 / 17.06.2025