Toshkent viloyatida quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan Angren shahrida quduqqa tushib ketgan fuqaroga yordam ko‘rsatildi.

Foto: Videodan kadr
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan Toshkent viloyatida quduqqa tushib ketgan fuqaro qutqarib olindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 27 dekabr kuni soat 12:37 da Angren shahar Ko‘kterak mahallasi, Musojalil ko‘chasida joylashgan xonadonlarning biridagi quduqqa fuqaro o‘z ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni quduqdan chiqarib olgan va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
«Fuqaro yengil tan jarohati olgan va hozirda shifokorlar nazorati ostida, uning sog‘ligi yaxshi holatda», — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi o‘rtalarida Toshkent viloyatida FVB qutqaruvchilari hojatxonaga tushib ketgan qizchani qutqarib qolgandi. Shuningdek, Andijon viloyati Asaka tumanida ham hojatxonaga tushib ketgan qizcha qutqarilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. Noyabr oxirlarida esa Bo‘stonliq tumanida taxminan 5 metrli chuqurlikka tushib ketgan fuqaro qutqarilgandi.
Mavzuga oid

17:37 / 28.02.2025
Chinozda yigit o‘z opasini o‘ldirib, jasadini 7 kun uyda saqladi

18:41 / 22.02.2025
Toshkent viloyatida yirik miqdordagi firibgarlikni sodir qilgan shaxs qamaldi

11:42 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni urib ketdi

16:32 / 20.02.2025