Toshkent - Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi
28 dekabrdan 5 yanvargacha Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

28 dekabrdan 5 yanvarga qadar Toshkentdan Bo‘stonliq tumanidagi «Chorvoq» erkin turistik zonasiga mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, bu dam olish kunlari munosabati bilan Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Qatnovlar UzAutoTrans Service korxonasi tomonidan Yutong avtobuslarida tashkil etiladi. Transportlar «Mashinasozlar» metro bekatidan soat 9:00 va 16:00 da jo‘naydi, Chorvoqdan (Xumson) esa 12:00 va 18:00 da harakatlanadi. Yo‘lkira narxi - 20 000 so‘m.
Mavzuga oid

10:02 / 01.03.2025
Toshkentda ayrim avtobus yo‘nalishlari o‘zgartiriladi

18:22 / 27.02.2025
Toshkentda avtobus daraxtga borib urildi

16:25 / 27.02.2025
Toshkent viloyatining 7 ta shahriga 170 ta avtobus xarid qilinadi

11:23 / 25.02.2025