OpenAI kompaniyasini qonunbuzarlikda ayblagan sobiq xodimi o‘lik holda topildi
Suchir Balaji ChatGPT dasturchilarini mualliflik huquqi qonunlarini buzganlikda aybladi.

Foto: New York Times
OpenAI kompaniyasining sobiq xodimi Suchir Balaji San-Fransiskodagi kvartirasida o‘lik holda topildi. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan, deb yozdi The Times of India.
Suchir Balaji 2024 yil yozida kompaniyani tark etdi va oktyabr oyida ChatGPT dasturchilarini mualliflik huquqi qonunlarini buzganlikda aybladi. Uning ta’kidlashicha, OpenAI boshqa odamlarning kontentidan ruxsatsiz foydalanmoqda.
2023 yil oxirida The New York Times OpenAI va Microsoft kompaniyalariga qarshi sudga murojaat qildi. Nashr ChatGPT boti mualliflarini mualliflik huquqini buzish va jurnalistik materiallardan noqonuniy foydalanishda aybladi. Gazetaning pozitsiyasiga ko‘ra, ChatGPT va Bing Chat til modellari «nashrga tegishli millionlab yangiliklar, surishtiruvlar, fikr-mulohaza ustunlari, sharhlar va boshqa materiallardan nusxa ko‘chirish va ulardan foydalanish» orqali yaratilgan. Shu bilan birga, jurnalistlar o‘z materiallaridan foydalanishga ruxsat bermagan, deyiladi da’vo arizasida.
Mavzuga oid

16:57 / 28.02.2025
OpenAI yangi sun’iy intellekt GPT-4.5 modelini taqdim etdi. U kodlarni yaxshiroq yozadi

22:42 / 23.02.2025
Shimoliy Koreyada ilmiy ishlarda ChatGPT’dan foydalanilayotgani aniqladi

13:02 / 18.02.2025
OpenAI ChatGPT’dagi senzurani yumshatdi

09:55 / 15.02.2025