O‘zbekistonda IT sohasida 100 mingdan ortiq kishi ishlayotgani ma’lum bo‘ldi
Mamlakatning Fransiyadagi elchixonasida "Axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari va sun’iy intellekt sohasidagi tendensiya va imkoniyatlarni o‘rganish uchun davlat va xususiy sheriklikni uyg‘unlashtirish" mavzusida O‘zbekiston IT sohasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA
Fransiyaning Bek Advisory kompaniyasi va IT Park Uzbekistan hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ilmiy doiralar vakillari, kompaniya va Fransiyaning IT sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.
O‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyev o‘z nutqida yig‘ilganlarga mamlakat hukumati tomonidan yurtimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida so‘zlab berdi. So‘nggi besh yilda telekommunikatsiya va IT kompaniyalar soni 1,8 barobar oshgani, 2023 yil boshidan buyon respublikada 12 mingdan ortiq AKT korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgani, ushbu jabhada 100 mingdan ortiq kishi ishlayotgani qayd etildi.
Bek Advisory kompaniyasi direktori Oybek Sodiqov so‘nggi yillarda O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida sezilarli rivojlanish kuzatilayotganini qayd etdi. Bu yo‘nalish iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va uning jahon miqyosida raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan davlat strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Taqdimot ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi va ular ushbu tadbir O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida IT texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
Mavzuga oid

12:11 / 01.03.2025
Noqonuniy ishdan bo‘shatilganlarga to‘lanmagan 40 mlrd so‘mlik ish haqlari undirildi

11:13 / 28.02.2025
DXX Yaponiyaga ishga yuborish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarni aniqladi

14:19 / 25.02.2025
Kuvayt O‘zbekiston fuqarolarini ishga jalb qilishi mumkin

14:05 / 20.02.2025