Odil Temirov “O‘zkimyosanoat” rahbarligiga qaytdi
“O‘zbekneftgaz” raisi o‘rinbosari Odil Temirov yana “O‘zkimyosanoat” raisi etib tayinlandi. U 2019 yilda ham “O‘zbekneftgaz” raisi o‘rinbosarligidan “O‘zkimyosanoat” raisligiga o‘tkazilgan va bu lavozimda bir yil faoliyat yuritgandi.

Foto: "O‘zkimyosanoat" AJ matbuot xizmati
Odil Shukurovich Temirov “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Temirov 2019 yilda ham bir yil davomida “O‘zkimyosanoat”ni boshqargan.
Bungacha “O‘zkimyosanoat” boshqaruvi raisi lavozimi lavozimida 2023 yil may oyidan buyon Timur Rasulovich Muhammadjonov faoliyat yuritayotgandi.
Odil Temirov 1977 yilda tug‘ilgan. Toshkent kimyo texnologiyalari institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini “Sho‘rtangaz” gaz-sanoat boshqarmasi kondensatni barqarorlashtirish sexi kuzatuvchiligidan boshlagan. Turli yillarda Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi, Uzbekistan GTL qo‘shma korxonasida ishlagan.
2015–2019 yillarda “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisining chuqur qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan. 2019 yil fevral oyida “O‘zkimyosanoat” raisi etib tayinlangan. 2020 yil yanvariga kelib, uning o‘rnini Jo‘rabek Mirzamahmudov egallagan, Temirov esa faoliyatini “O‘zkimyosanoat” raisining birinchi o‘rinbosari sifatida davom ettirgan.
Joriy tayinlovga qadar Odil Temirov “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid

19:00 / 14.02.2025
Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda

12:00 / 09.12.2023
«O‘zkimyosanoat» yana bir xalqaro reytingni qo‘lga kiritdi

14:27 / 27.11.2023
O‘zbekistonda yashil vodorod ishlab chiqariladi

16:00 / 26.10.2023