Chilonzorda «Lasetti» va skuter to‘qnashuvida bir kishi jarohat oldi
KHAY-Qatortol ko‘chalari kesishmasidagi YTH oqibatida skuter haydovchisi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Foto: IIBB YHXB
Joriy yilning 24 noyabr kuni soat 01:10 larda Chilonzor tumani KHAY-Qatortol ko‘chalari kesishmasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, 1971 yilda tug‘ilgan haydovchi D.J. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli transport vositasi va 2004 yilda tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi skuter transport vositasi to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
YTH natijasida skuter transport vositasining haydovchisi birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

09:40 / 20.03.2025
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus to‘qnashdi. Qurbonlar bor

13:17 / 19.03.2025
Rossiyadagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

09:59 / 17.03.2025
Piskentda yuk mashinasi va Isuzu to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

22:49 / 16.03.2025