Xarkiv oblastida majburiy evakuatsiya e’lon qilindi
Kupyansk yaqinidagi o‘nta aholi punkti aholisi jangovar hududdan olib chiqiladi, dedi mintaqaviy ma’muriyat rahbari Oleg Sinegubov.

Foto: Hanna Sokolova/DW
Xarkov oblastining o‘nta aholi punktida aholini evakuatsiya qilish e’lon qilindi. Bu haqda 11 noyabr, dushanba kuni «Rada» telekanali efirida oblast ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov ma’lum qildi. «Bu butun katta yoshdagi aholini majburiy evakuatsiya qilishdir», dedi u. Unga ko‘ra, Borovsk jamoati evakuatsiya qilinadi.
Borovsk jamoati oblastning Kupyansk bilan chegaradosh Izyum rayoniga tegishli. Sinegubov, shuningdek, Rossiya harbiylarining Xarkov oblastidagi hujumi davom etayotganini aytdi. Ayni paytda Rossiya armiyasi ushbu hududdagi asosiy logistika yo‘nalishi bo‘lgan Borovaya – Kupyansk-Uzlovaya avtomobil yo‘liga yetib keldi.
Kupyanskning o‘zida ham evakuatsiya choralari kuchaytirilmoqda. Kupyansk jamoati 17 ga yaqin aholi punktlarini o‘z ichiga oladi. Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, hozirda 6000 ga yaqin kishi, Kupyanskning o‘zida esa 3000 ga yaqin odam evakuatsiya qilinishi kerak.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, sentabr oyi boshidan beri «evakuatsiya choralari natijasida» 5300 dan ortiq aholi Kupyansk yo‘nalishidagi aholi punktlaridan ko‘chirilgan.
Mavzuga oid

13:55 / 01.03.2025
Xarkivga Rossiya dronlarining yirik hujumi: jabrlanganlar bor

11:37 / 28.02.2025
Rossiya Xarkiv oblasti energetika tizimiga yirik hujum uyushtirdi

14:45 / 05.02.2025
Generallar ishi. Ukrainada sobiq qo‘mondonlar hibsga olinishi nimani anglatadi?

11:21 / 27.12.2024