BMT bosh kotibi: G‘azo shimolidagi aholi chidab bo‘lmas ahvolda
Antonio Guterrishning aytishicha, u mintaqadagi vayronagarchilik ko‘lamidan «shok holatda».

Foto: Anadolu Agency
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish G‘azo shimolida qamalda qolgan falastinlik tinch aholining ahvolini chidab bo‘lmas deb atadi. Bu haqda jahon tashkiloti rahbari vakili Stefan Dyujarrik bayonot berdi.
Guterrishning ta’kidlashicha, u eksklav shimolidagi vayronagarchilik ko‘lamidan «shok holatda».
Bosh kotibning ta’kidlashicha, Isroil mintaqaga insonparvarlik yordami yetkazish urinishlariga to‘sqinlik qilmoqda, bu esa juda ko‘p sonli odamlarning hayotini xavf ostiga qo‘yadi.
Shuningdek, u G‘azoda poliomiyelitga qarshi emlash kampaniyasining kechiktirilishi minglab bolalar hayotini xavf ostiga qo‘yishi haqida ogohlantirdi.
BMT bosh kotibi yana G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi.
Mavzuga oid

15:21 / 20.03.2025
O‘zbekiston eng baxtli mamlakatlar reytingida 53-o‘rinni egalladi

09:33 / 20.03.2025
BMT Rossiyani Ukrainadagi insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblamoqda

20:45 / 19.03.2025
Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok BMT Bosh Assambleyasi raisi bo‘ladi

12:00 / 18.03.2025