Minnesota universitetida Falastin tarafdorlari aksiyasi ishtirokchilari ushlandi
Faollar universitet ma’muriy binosiga moddiy zarar yetkazganlikda ayblangan.

Foto: Anadolu Agency
AQSh politsiyasi Minnesota universiteti ma’muriy binosi - Morrill Hall yaqinida Falastin tarafdorlari uyushtirgan mitingning 11 ishtirokchisini qo‘lga oldi.
CBS News xabariga ko‘ra, 30 ga yaqin faol bino ichiga kirgan, ulardan 11 nafari mulkka zarar yetkazganlikda va binolarga kirishni to‘sib qo‘yganlikda ayblanib ushlangan.
Universitet ma’muriyati namoyishchilardan Morrill Hall'ni tark etishni talab qildi, qolganlar esa keyingi xabarga qadar binodan uzoqroq turish haqida ogohlantirildi.
Aksiya tashkilotchilaridan biri Merlin Van Alstein qo‘lga olinishidan oldin ham faollar talablari qondirilmaguncha yoki kuch bilan olib ketilmaguncha binoni tark etmasliklarini aytgan edi.
Minnesota universiteti vakilining aytishicha, Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi aksiya ishtirokchilari ma’muriy bino ichidagi kuzatuv kameralari oynasiga sprey sepgan, deraza oynalarini sindirgan, binoga kirish va chiqishni to‘sib qo‘ygan.
Mavzuga oid

12:52 / 31.01.2025
O‘zbekistonning uchta oliy ta’lim muassasasi dunyoning eng yaxshi universitetlari reytingiga kiritildi

18:12 / 22.01.2025
Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namanganda texnika universiteti ochiladi

15:03 / 10.01.2025
"Top-500"ga kiradigan universitetlar bilan birga kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi

15:34 / 18.12.2024