Isroil Livandagi peyjyerlar portlatilishiga birinchi marta izoh berdi
«Bu biz emas. «Hizbulloh»ning dushmanlari ko‘p», dedi Isroil prezidenti.

Foto: AFP
Isroil prezidenti Itsxak Gersog Sky News telekanaliga bergan intervyusida o‘z mamlakati «Hizbulloh» a’zolari peyjyerlari va ratsiyalarini portlatishda ishtirok etmaganini aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, «Hizbulloh»ning dushmanlari ko‘p».
«Hizbulloh»ning dushmanlari ko‘p, bugungi kunda ular oz emas. «Hizbulloh» Livanni bo‘g‘ib, vayron qilmoqda, qayta-qayta tartibsizlik yaratmoqda. Biz o‘zimizni himoya qilish uchun shu yerdamiz. Biz chora ko‘rishimiz kerakligini aniq aytamiz. Har qanday davlat o‘z xalqini himoya qilish uchun shunday qiladi», dedi u.
Sky News telekanalining qayd etishicha, bu peyjyer portlashlaridan keyin Isroil rasmiylarining birinchi rasmiy izohidir.
Gersog so‘zlariga ko‘ra, Isroil Livan bilan urushdan «manfaatdor emas».
«Isroil Livan bilan urushdan manfaatdor emas. Biz Livan bilan urushga aralashmoqchi emasmiz. Lekin Livanni terrorchi tashkilot egallab oldi, bu «Hizbulloh» deb atalgan siyosiy partiya», dedi Isroil prezidenti.
17 sentabr kuni Livanda «Hizbulloh» tomonidan tezkor aloqa uchun foydalaniladigan peyjyerlarda qator portlashlar sodir bo‘ldi. Ertasi kuni ratsiyalar ham portlatildi. Portlashlar oqibatida kamida 37 kishi halok bo‘lgan va uch mingga yaqin kishi jarohatlangan.
Reuters agentligi Livan xavfsizlik xizmatidagi manbalarga tayanib, Isroil razvedka xizmati «Mossad» bir necha oy oldin «Hizbulloh» tomonidan sotib olingan besh ming peyjyerga portlovchi moddalar o‘rnatganini xabar qildi.
«Hizbulloh» rahbari Hasan Nasrulloh operatsiyada Isroilni aybladi. ABC News telekanali Amerika razvedkasidagi manbasiga tayanib, Isroil kamida 15 yildan beri «Hizbulloh» a’zolari peyjyerlarini portlatish operatsiyasini rejalashtirganini yozdi.
Mavzuga oid

12:25 / 10.03.2025
Isroil G‘azoga elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatdi

21:58 / 09.03.2025
Isroil G‘azo bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish uchun Dohaga delegatsiya yuboradi

18:20 / 07.03.2025
HAMAS Isroil harbiy harakatlar boshlasa, garovga olinganlarni o‘ldirish bilan tahdid qildi

12:50 / 06.03.2025