Toshkentda tezligi yuqori BYD maktab o‘quvchisini urib yubordi
Sergeli tumanida avtobusdan tushib, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan o‘quvchini yuqori tezlikda harakatlanib kelgan BYD urib yuborgan. Qizning ahvoli ma’lum emas. Rasmiylar holatga izoh bermayapti.
Toshkent shahrining Sergeli tumanidan o‘tgan yo‘lda 19 sentabr, payshanba kuni piyoda ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar berdi Kun.uz manbasi.
Ma’lum bo‘lishicha, Sergeli yo‘li shohko‘chasida avtobus belgilanmagan joyda yo‘lovchilarni tushirib qoldirgan. O‘z yo‘nalishida harakatlanib kelgan, davlat raqami belgisi 01 444 VFA bo‘lgan BYD Song Plus avtobus oldidan yo‘lning belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan o‘quvchi qizni urib yuborgan. Kun.uz’ga yuborilgan videotasvirlarda BYD’ning tezligi shaharda ruxsat etilganidan yuqori ekanligi (taxminan, soatiga 75-80 km) ko‘rinadi.
Qizning ahvoli hozircha ma’lum emas.
Kun.uz holatga aniq kiritish uchun poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganovga bog‘landi, biroq savollarga javob olishning imkoni bo‘lmadi.
Avvalroq Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 2-sinf o‘quvchisi piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotganida uni juda katta tezlikda harakatlangan BYD mashinasi turtib o‘tib ketgan, qizcha piyodalar yo‘lakchasiga yiqilgan paytda esa uni soatiga 142 km tezlikda ketayotgan boshqa bir BYD mashinasi bosib o‘tib ketgandi. Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan qizcha voqea joyida halok bo‘lgan.
Ikkala haydovchiga Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangandi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Samarqandda AYoQShda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni ortdi
O‘zbekiston | 09:54
-
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi
O‘zbekiston | 07:52
-
Putin Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni tiklashni taklif qildi
Jahon | 07:45
-
Kashmirda sulh e’lon qilinganidan keyin portlashlar sodir bo‘ldi
Jahon | 23:37 / 10.05.2025
Mavzuga oid

22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi

12:18 / 10.05.2025
Etihad Airways Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin

18:06 / 09.05.2025
«Haqiqat so‘rayman» – klip syomkasida aktrisani «Gelik» bosib ketgani yuzasidan sud boshlandi

13:52 / 09.05.2025