«Barselona» Dani Olmo transferini e’lon qildi
«Barselona» Dani Olmo transferini rasman e’lon qildi.

26 yoshli ispaniyalik yarimhimoyachi Kataloniya klubi bilan 6 yillik shartnoma imzolagani e’lon qilindi.
«Barsa» Olmoning transferi uchun «Leypsig» klubiga 55+7 mln yevro to‘laydi. Danining yangi shartnomasida tovon puli miqdori 500 million yevro etib belgilangan.
Ispaniyalik o‘yinchi «Leypsig» safiga 2020 yilda o‘tib, 148 o‘yinda maydonga tushgandi. U o‘tgan mavsum Bundesligada 21 o‘yinda 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Olmo Kataloniyada tug‘ilgan bo‘lib, 9 yoshdan «Barsa» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U 16 yoshdi Xorvatiyaning «Dinamo Zagreb» klubi safiga o‘tib, u yerdan 2020 yilda «Leypsig» klubiga o‘tgandi.
2023 Ispaniya milliy jamoasi bilan Millatlar ligasi kubogini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2024 yil Yevropa chempioniga aylandi.
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:29 / 26.02.2025