Rossiyaning so‘nggi vaqtlardagi eng yirik zarbasi oqibatlari. Fotosuratlar
Ukrainadagi urushning 866-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiya qo‘shini Ukraina bo‘ylab yopirilma raketa zarbalari yo‘lladi.
- Kiyevda Rossiya zarbasi oqibatida «Oxmatdet» bolalar shifoxonasi binosi vayron bo‘ldi. RF mudofaa vazirligi esa shifoxonaga ukrainlarning havo hujumidan mudofaa raketalari qoldiqlari tushganini xabar qilgan — ammo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuvlarga ko‘ra, bu rossiyaliklarning X-101 raketasi to‘g‘ridan to‘g‘ri kelib urilishi bo‘lgan.
- Viktor Orban Pekinga tashrif buyurdi va Si Jinping bilan uchrashdi. Bungacha u Kiyev va Moskvada bo‘lgandi.
- Belgorod oblasti Nikolskoye qishlog‘ida ukrainlar zarbasi oqibatida uch kishi halok bo‘lgan.
- Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Rossiyaga uchib keldi va Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi.
- FSB Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan Tu-22M3 rusumli bombardimonchi samolyot olib qochilishiga bo‘lgan urinishning oldi olingani haqida e’lon qildi.
Rossiya qo‘shini 8 iyul kuni Ukraina bo‘ylab so‘nggi oylardagi eng yirik raketa zarbalarini yo‘lladi. Ukraina qurolli kuchlari havo kuchlari qo‘mondonligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab turli tipdagi jami 38 raketa yo‘llangan — shaharlarga ham qanotli, ham ballistik raketalar uchib kelgan, shundan 30 tasi havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali urib tushirilgan. Zarbalar Kiyev, Dnipro, Kriviy Rih va boshqa shaharlarga kelgan. Ukraina hukumati bu zarbalar nishoni fuqarolik infratuzilmalari bo‘lganini bildirdi. Kiyevda raketalardan biri «Oxmatdet» bolalar shifoxonasi binosini vayron qildi.
RF mudofaa vazirligi va Kreml esa Rossiya qo‘shini faqat «muhim infratuzilma obektlari, u yoki bu darajada harbiy salohiyat bilan bog‘liq bo‘lgan harbiy nishonlar»ga zarba berishini aytishda davom etmoqda. Quyida Rossiyaning 8 iyul kuni Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlari bo‘ylab raketa zarbalari oqibatlari aks etgan suratlar.
Pokrovsk, Donetsk oblasti

Foto: Ukraina FVDX
Kiyev

Oleksandr Magula / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images

Reuters / Scanpix / LETA


Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Anton Shtuka / AP / Scanpix / LETA

Anton Shtuka / AP / Scanpix / LETA

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA

Aleksandr Gusev / SOPA Images / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Dnipro

DneprODA / Anadolu / Getty Images

DneprODA telegram-kanali
Kriviy Rih

Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA

Mykola Synelnykov / Reuters / Scanpix / LETA

Sergey Lisakning Telegram-kanali
Mavzuga oid

23:00 / 10.03.2025
FXX ukrainaliklarning Rossiya kirishini 50 yilgacha taqiqlashni boshladi

22:00 / 10.03.2025
Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

20:32 / 10.03.2025
Tramp Zelenskiy iste’foga chiqmaguncha Ukrainaga yordam ko‘rsatishni tiklamaydi – OAV

16:59 / 10.03.2025