Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxati tuzildi
Unda o‘zbekistonlik yosh yarimhimoyachi yetakchilik qilmoqda.

Foto: Tribuna.uz
Rossiyaning TsSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchi narxi bir million yevroga oshgan va endi 6 million yevroga baholanmoqda. Qayd etilishicha, qiymatning oshishi 20 yoshli futbolchining muvaffaqiyati bilan bevosita bog‘liq: Fayzullayev klubda ham, milliy va yoshlar terma jamoasida ham yaxshi o‘yin namoyish etmoqda.
Abbos o‘tgan mavsumda TsSKA safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fayzullayev O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan tarixda ilk bor Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Narx bo‘yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinni Italiyaning «Kalyari» klubi hujumchisi, o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov hamda Qozog‘iston milliy jamoasi hamda Turkiyaning «Beshiktosh» klubi yarimhimoyachisi Baxtiyor Zaynutdinov egallab turibdi. Ularning har biri 5 million yevroga baholangan.
Uchinchi o‘rinda Aziz G‘aniyev (O‘zbekiston, Shabab Al-Ahliy) va Nurali Alip (Qozog‘iston, Zenit) – har biri 3 million yevro.
Mavzuga oid

21:00 / 07.03.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida erkin savdo rejimi amal qila boshladi

18:12 / 07.03.2025
Migrantlarning pul o‘tkazmalarisiz O‘zbekistonda kambag‘allik 17 foizgacha oshishi mumkin – Jahon banki

20:52 / 05.03.2025
Ittifoqchilik nima? O‘zbekistonning ittifoqchilari kimlar va yana kimlar bo‘lishi mumkin?

17:10 / 04.03.2025