Valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
Toshkent shahri, Navoiy va Toshkent viloyatlarida “valyutchiklar” ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.S. 4700 AQSh dollarini fuqaro I.A.ga 59,8 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan jami 11 467 AQSh dollari, 1100 Rossiya rubli va 660,7 mln so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan N.M. va S.E. (muqaddam sudlangan) jami 3100 AQSh dollarini fuqaro F.N.ga 39,4 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa, valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan S.K. va J.S. (muqaddam sudlangan) jami 2700 AQSh dollarini fuqaro Sh.A.ga 34,3 mln so‘mga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

08:46 / 27.02.2025
Ikki hududda valuta savdosi bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:03 / 19.02.2025
Olti hududda valuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelganlar ushlandi

15:00 / 15.02.2025
Valutaga sotib olinadigan aktivlarni baholash tartibiga o‘zgartirish kiritildi

11:01 / 08.01.2025