Toshkentda Lacetti yonib ketdi

Foto: Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi
Toshkent shahar Chilonzor tumanida Lacetti transport vositasi yonib ketdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 12 mart kuni soat 16:15 larda Chilonzor tumani Zargarlik ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2001 yilda tug‘ilgan A.T.ga tegishli Lacetti’ning dvigatel qismida qisqa tutashuv sodir bo‘lgani oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur holat yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, yong‘in yuzaga kelishining sabablari va zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.
Mavzuga oid

23:20 / 11.03.2025
Angren shahrida yuk mashinasi yonib ketdi

23:03 / 11.03.2025
Nyu-Yorkdagi o‘rmon yong‘inlari nima sababdan kelib chiqqani ma’lum bo‘ldi

05:29 / 11.03.2025
Qashqadaryodagi zapravkada ikkita sisterna yonib ketdi. Jarohat olganlar bor

10:23 / 10.03.2025